So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Delegatsiyaning tashrifi davomida ikki hudud o‘rtasidagi savdo iqtisodiy va investitsion masalalar atroflicha muhokama etildi, istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Bugun Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi. Yuqori martabali mehmonni viloyat hokimi Normat Tursunov kutib oldi.
Dastlab, Tatariston Respublikasi delegatsiyasi Navoiy Erkin iqtisodiy zonasidagi Sanoatni rivojlantirish kompleksida bo‘lib, bu yerda Tatariston bilan hamkorlikda qad rostlayotgan maxsus sanoat parkida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Rustam Minnixanovga sanoat parkida tashkil etilayotgan loyihalar taqdimoti qilindi.
2023 yilning oktyabrida Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan Hududlararo biznes forumida Tataristonning "KIPMASTЕR" AJ kompaniyasi bilan Navoiyda maxsus sanoat parkini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgandi. Mazkur sanoat parkida umumiy qiymati 251 mln. AQSH dollari bo‘lgan 19 ta loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, dastlab 140 mln. dollarlik oziq-ovqat sanoati uchun qadoqlash idishlari, jumladan alyuminiy bankalar ishlab chiqarish loyihasi tashkil etilmoqda. Loyiha doirasida yiliga 1,5 mlrd. dona alyuminiy bankalar ishlab chiqariladi va bu yo‘nalishda 200 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Rustam Nurgaliyevich qurilish jarayonidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yangi takliflarni o‘rganish maqsadida mas’ullar bilan fikr almashdi.
Delegatsiyaning Navoiyga tashrifi "Tinchlik Plaza" mehmonxonasida davom etib, ikki hudud o‘rtasidagi savdo iqtisodiy va investitsion masalalar atroflicha muhokama etildi, istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Tatariston Raisi shu kunning o‘zidayoq Navoiy xalqaro aeroportidan jo‘nab ketdi.



