So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Qonunbuzilish holatlari yuzasidan taksi xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga tegishli ko‘rsatmalar berildi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uinng hududiy boshqarmalariga fuqarolar tomonidan taksilar orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati pastligi, to‘lovlar va hisob-kitoblar bilan bog‘liq muammolar, haydovchilarining muomalasi,yo‘lovchini manzilga yetkazib qo‘yilmayotgani, asossiz ravishda narxlarni oshirish kabi mavzularda murojaatlar kelib tushgan.
Murojatlar viloyat kesimida o‘rganilganda:
Toshkent viloyati misolida
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent viloyati transport boshqarmasi Nurafshon shahrida o‘tkazilgan reyd tadbirlari natijasida “DAVR TRANS SERVIS” MCHJga biriktirilgan “Nurafshon ASHB-Kuchlik qo‘rg‘oni-Arancha MFY” yo‘nalishida (tasdiqlangan jadvalga asosan yo‘l haqi 2800 so‘m) narxlarni sun’iy ravishda oshirgan holda haydovchilar tomonidan 5000-7000 so‘mgacha miqdorida yo‘lovchilardan yo‘l haqi olinayotganligi aniqlangan.
Shu munosabat bilan Viloyat Transport boshqarmasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi vakolati doirasida chora ko‘rishni so‘rab, Qo‘mitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga ma’lumot kiritgan.
O‘rganishlar natijasida, iste’molchilardan 5 mln so‘mdan ziyod mablag‘ asossiz ravishda undirib kelingani aniqlanib, ularni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha “DAVR TRANS SERVIS” MCHJga tegishli ko‘rsatma berildi.
Buxoro viloyati misolida
Hududiy boshqarma tomonidan fuqaro Sh.X.dan tushgan murojaat o‘rganilganda Kogon shahrida 103 va 114-yo‘nalishlarda harakatlanayotgan DAMAS haydovchilari tomonidan yo‘l kira haqini asossiz ravishda oshirib, xizmat ko‘rsatayotgani ma’lum bo‘ldi.
Hududiy boshqarma tomonidan "Transport nazorati avtomobil va suv transportida nazorat" Buxoro viloyati hududiy bo‘limi tomonidan mazkur yo‘nalishlar trafaretini qo‘yib, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanib kelayotgan transport vositalari litsenziyalari tekshirildi. Qatnovlarda litsenziyasiz va ruxsat etuvchi hujjatlarsiz yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan bir qator transport vositalariga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Toshkent shahri misolida
Hududiy boshqarmaga “Yandex” taksi xizmatiga buyurtma yo‘l haqini naqd pulda to‘lashiga qaramay, bank plastik karta orqali ham yo‘l kiraga qayta pul yechib olingani yuzasidan bir qator fuqarolarning murojaatlari kelib tushgan.
Bundan tashqari, buyurtma qilingan bayram tortlari, taomlar, maishiy texnikalarni taksilar orqali yetkazishda ham muammolarga duch kelgan iste’molchilarning murojaatlari ham ijobiy hal etildi. Ya’ni ular noto‘g‘ri manzilga yetkazilgan, kechiktirilgan yoki umuman yetkazilmagan.
Bugungi kunda “Global Star” MCHJ tomonidan bunday qoidabuzilishlarga yo‘l qo‘ygan haydovchilar “YandexGo” ilovasida bloklangan, “Yandex” taksi ko‘rsatmagan xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirgan fuqarolarga jami 1 009 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari qaytarilishi ta’minlangan.