So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
"Himoyam ostidagi shaxs koloniyada tahqirlanmoqda, unga insonga xos bo‘lmagan muomala qilinyapti" – advokat
"Kosondagi JIEMda himoyamdagi shaxsga kuchli bosim bo‘lmoqda. Koloniya rahbariyati menga ham tahdid qilyapti. Bundan tashqari, unga himoyachi bilan uchrashishni ham taqiqlab qo‘yishdi. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish boshqarmasiga bir necha marta murojaat qilgan bo‘lsam-da, hech bir reaksiya bildirishmadi. Hozirgi vaqtda himoyam ostidagi shaxsni asossiz ravishda jazolab, “turma” rejimiga o‘tkazishmoqchi", deya maʼlum qildi advokat Komilova oʻz Telegram-kanalida.
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida joylashgan 10-sonli JIEMda advokat himoyasi ostidagi shaxs kuchli ruhiy-jismoniy bosim va tazyiqlarga duch kelayotgani aytilmoqda.
"Himoyamdagi shaxs JIB Chilonzor tuman sudining 2024 yil 13 iyundagi hukmi bilan 14 yilga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lib, jazo muddatini ushbu muassasada o‘tamoqda. Men uni 2023 yil may oyidan beri himoya qilib kelaman. Ushbu muassasada amaldagi qonunchilik va hatto IIVning tegishli nizomiga zid ravishda advokat bilan uchrashuv xonasiga video va audio moslamalari o‘rnatilgan, ya’ni suhbatlar yozib olinadi!..
2024 yil 30 noyabr kuni G‘.B.ning oldiga borganimda uni izolatorda saqlashayotgani eshitdim. Jazo olganligi sababli men bilan uchrashishga ruxsat yo‘qligini aytishdi. Men darhol ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilganimdan so‘nggina uchrashuvga ruxsat berishdi.
Himoyam ostidagi shaxsni ko‘rib, to‘g‘risi, qo‘rqib ketdim: uning bilagida qo‘lkishan izi qolgan, ustidagi kiyimi esa juda iflos va odam kiyadigan ahvolda emasdi. Mahkumga bu qadar g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘q. G‘.B. menga juda qattiq ruhiy va jismoniy bosimlar ostida qolganini so‘zlab berdi.
Uning astmatik muammo bor, ya’ni nafas olishga qiynaladi. Shu vajdan bir necha marotaba tibbiyot bo‘limiga uning nomidan murojaat qildim, lekin murojaatlarim e’tiborsiz qoldi.
Himoyamdagi shaxsning huquqlarini talab qilishim ortidan mening o‘zimga ham bosim bo‘lmoqda. 2024 yil 4 dekabr kuni 10-sonli JIEMdan qo‘ng‘iroq qilib bundan keyin G‘.B. bilan uchrasha olmasligimni, uchrashish uchun go‘yoki advokatlik litsenziyam yo‘qligini, shu sababli menga nisbatan tekshiruv o‘tkazishayotganligini aytib tahdid qilishdi. Men bu iddaoni inkor qilib, menga nisbatan tekshiruv o‘tkazishga vakolati yo‘qligini aytganimda qo‘ng‘iroq qilgan shaxs eshitmay, telefonni o‘chirib qo‘ydi (so‘zlashuv audioyozuvi mavjud).
Bu endi Konstitutsiyaning 142-moddasi hamda “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasi talablarini oyoqosti qilishdan boshqa narsa emas.
Himoyam ostidagi G‘.B. koloniyada tahqirlanmoqda, unga insonga xos bo‘lmagan muomala qilinyapti. Bundan tashqari, unga himoyachi bilan uchrashishni ham taqiqlab qo‘yishdi. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish boshqarmasiga bir necha marta murojaat qilgan bo‘lsam-da, hech bir reaksiya bildirishmadi. Hozirgi vaqtda himoyam ostidagi shaxsni asossiz ravishda jazolab, “turma” rejimiga o‘tkazishmoqchi.
Yaqinda O‘zbekiston Ombudsmani o‘z axborotida “ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazilganligi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 15 ta xabar o‘rganilib, bu bo‘yicha 14 ta munosabat bildirilganini, mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsmanning 12 ta talabnomasi kiritilgan”ligini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarni monitoring qilishlari rost bo‘lsa, Ombudsmandan mening advokatlik faoliyatimga to‘sqinlik qilib kelayotgan va himoyam ostidagi G‘.B.ning huquqlarini poymol qilayotgan 10-sonli JIEM boshlig‘i va uning o‘rinbosarlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishida amaliy yordam kutib qolaman.
Ochig‘i, yuqoridagi holatlar yuzasidan bir necha bor Ombudsman ofisi bilan ham bog‘lanishga urindim, lekin uning yagona ishonch telefoni (1096) umuman ishlamadi" deb yozadi advokat o‘z Telegram-kanalida.