So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Janubiy Koreya prezidenti davlatga xiyonatda ayblanmoqda

Janubiy Koreya politsiyasi mamlakatda 3 dekabrda harbiy holat e’lon qilgan prezident Yun Sok Yol ustidan tergov boshladi, deb xabar bermoqda Yonhap.
Ish ikki murojaatdan so‘ng ochilgan: biri muxolifatdagi Koreya tiklanish partiyasi, ikkinchisi 59 nafar faollar guruhi tomonidan.
Shikoyatlar qilinganlar orasida nafaqat Yun Sok Yol, balki sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon, armiya shtabi boshlig‘i general Pak An Su va ichki ishlar vaziri Li Sang Min ham bor.
Mudofaa vazirligining sobiq rahbariga tergov davomida unga mamlakatni tark etish ham taqiqlangan, deya qayd etadi Yonhap. Bir kun avval Kim Yong Xyon o‘z lavozimini tark etdi va harbiy holat joriy etilishi bilan bog‘liq barcha hodisalar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Mahalliy OAV prezidentga bunday qadamni aynan u taklif qilganini yozmoqda.
3 dekabr oqshomida prezident Yun Sok Yol Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qildi. U buni konstitutsiyaviy tuzumni «kommunistik kuchlar»dan himoya qilish zarurati bilan izohladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u bu chora mamlakatni inqirozga solib qo‘ymoqchi bo‘lgan muxolifatning xatti-harakatlari tufayli qo‘llangan.
Parlament a’zolari prezident qaroriga qarshi chiqdi, harbiy holatni bekor qilish uchun ovoz berdi, shundan so‘ng prezident o‘z farmonini qaytarib olishga rozi bo‘ldi.



