So`ngi yangiliklar
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Navoiyliklar nimadan norozi?
Samarqandlik ota-bolaga IIB xodimlari nega kuch ishlatdi?
2 ta elektromobil, 700 ta noutbuk, chet elga sayohat va pul mukofotlari – «Bir million dasturchi» loyihasiga start berildi
O‘zbekistonda «Bir million o‘zbek dasturchisi» loyihasining navbatdagi mavsumiga start berildi. Bu haqda 3 dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot kotibi ishtirokida AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

IT sohasida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarga «Coursera» ta’lim platformasida bepul o‘qib, xalqaro IT sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyati yaratildi. Joriy yil 29 noyabrdan boshlab uzbekcoders.uz sayti orqali mazkur bepul kurslarida o‘qish mumkin. Shuningdek,
• Data Science Math Skills;
• Introduction to User Experience Design;
• Managing Responsibly: Practicing Sustainability;
• Responsibility and Ethics;
• Excel Fundamentals for Data Analysis;
• Introduction to Generative AI kabi yangi bepul kurslar qo‘shildi.
«Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasi 2025-2026 yillar rejasida xalqaro IT sertifikatlarni olganlar sonini 1 million nafarga, professional xalqaro IT sertifikatlar olganlar sonini esa 30 ming nafarga yetkazish belgilangan. Qolaversa, loyiha doirasida yuqori natija ko‘rsatgan eng yaxshi 2 ta maktabga Prezident sovg‘asi – 2 ta elektromobil berilishi ham rejalashtirilgan. Shu bilan birga, loyiha doirasida 14 ta hududda eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilarga 700 ta noutbuk, Top-10 nafar o‘qituvchilar uchun chet elga sayohat, loyiha doirasida eng yuqori natija ko‘rsatgan 100 nafar o‘qituvchiga 10 million so‘mdan pul mukofoti va Top-3 oliy ta’lim muassasalariga pul mukofotlari berilishi rejalashtirilgan.
«Raqamli texnologiyalar sohasidagi ishlarning aksari dunyoning istalgan nuqtasidan ishlashga imkon beradi. Farzandingiz to‘g‘ridan to‘g‘ri uydan turib jahonning yetakchi kompaniyalarida ishlashi mumkin bo‘ladi. Bugun mamlakatimizda 10 mingdan ziyod dasturchilar masofadan turib AKT bozoriga xizmat ko‘rsatmoqda. Ularni rag‘batlantirish tizimi takomillashuvi ortidan 2030 yilgacha bu raqamning 30 mingga yetishi kutilmoqda», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda 2 ming nafar davlat xizmatchisi xalqaro darajadagi IT sertifikatlarni qo‘lga kiritgan, buning uchun ularga qo‘shimcha oylik ustama joriy qilingan.



