So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Kunning yorug‘ vaqtida chiroqlarni yoqib qo‘ygani sababli 442 mansabdorga jarima qo‘llandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan elektr energiyasidan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida iste’molchilar o‘rtasida reydlar o‘tkazilmoqda.
Joriy yilda ushbu reydlar natijasida kunning yorug‘ vaqtida yoritish chiroqlaridan samarasiz foydalanish bo‘yicha 2 ming 356 ta holat aniqlandi. Shundan 442 ta holatda mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, 5 ta korxonaga esa moliyaviy sanksiya qo‘llash bo‘yicha dalolatnomalar tuzildi.
Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida jami quvvati 314,2 kVt bo‘lgan elektr qurilmalarining behuda sarflanishi oldi olindi. Bu miqdor 25 ta xonadonning bir oylik o‘rtacha elektr energiyasi iste’moliga teng.
So‘nggi ikki kun ichida o‘tkazilgan reydlarda faqat Toshkent shahrining o‘zida kunning yorug‘ vaqtida chiroqlarni yoqib qo‘yish bilan bog‘liq 264 ta holat qayd etildi.
“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmatining xabar berishicha, elektr energiyasini behuda sarflashga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 5 baravaridan 15 baravarigacha jarima qo‘llaniladi. Bunday holatlarning oldini olish uchun yoritish qurilmalaridan faqat zarur bo‘lgan hollarda foydalanish tavsiya etiladi.