So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
«Tolibon» delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi
«Tolibon» delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi. Afg‘oniston OAV tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, delegatsiyani aeroportda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kutib olgan.

«Tolibon» delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi. Delegatsiyaga «Tolibon» bosh vazirining ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul-Salom Hanafiy boshchilik qilmoqda. Delegatsiya tarkibida Bosh vazir devoni rahbari Abdul-Vasi, Balx gubernatori Muhammad Yusuf Vafo va elchi Abdul-G‘ofar Bahra Tiraviy bor.
«Tolibon»ning rasmiy press-relizida tashrifdan ko‘zlangan maqsad diniy va tarixiy aloqalar hamda konchilik, savdo, qishloq xo‘jaligi, transport va tranzit sohalarida hamkorlikni rivojlantirish haqida umumiy so‘zlar keltirilgan.
O‘zbekiston tomoni hozircha tashrif bo‘yicha rasmiy ma’lumot bergani yo‘q.
Afg‘oniston OAV tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, delegatsiyani aeroportda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kutib olgan. Delegatsiya Buxoro shahrida mehmon bo‘lgan.
«Afg‘oniston Islom Amirligi Bosh vazirining ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mavlaviy Abdul Salam Hanafiy O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, O‘zbekiston rasmiylari bilan uchrashdi, mamlakatning madaniy va tarixiy obidalarini ziyorat qildi», – deyiladi mahalliy OAVlarning birida.
Abdul-Salom Hanafiy, shuningdek, Bosh vazir Abdulla Aripov bilan ham uchrashgan.



