So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Pivovarov voqeasidan so‘ng rus OAV vakillari O‘zbekiston qonunlariga rioya etishga chaqirildi
«Rossiya OAVning O‘zbekistondagi faoliyati davomida ba’zida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar sabab yana bir bor ushbu mamlakat qonunlariga qat’iy rioya qilishlari kerakligini eslatib o‘tamiz. Xususan, O‘zbekiston hududida o‘z faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan jurnalist va blogerlar mamlakatga safar qilishdan oldin O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan tegishli akkreditatsiyadan o‘tishi kerak», — deyiladi elchixonasi xabarida.
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi mamlakatga tashrif buyurayotgan rus OAV vakillarini qonunlarga rioya qilishga chaqirdi.
«Rossiya OAVning O‘zbekistondagi faoliyati davomida ba’zida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar sabab yana bir bor ushbu mamlakat qonunlariga qat’iy rioya qilishlari kerakligini eslatib o‘tamiz. Xususan, O‘zbekiston hududida o‘z faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan jurnalist va blogerlar mamlakatga safar qilishdan oldin O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan tegishli akkreditatsiyadan o‘tishi kerak», — deyiladi elchixona xabarida.
Rossiya elchixonasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan rossiyalik bloger va jurnalist Aleksey Pivovarov hamda uning suratga olish guruhi Nukusda huquq-tartibot organlari tomonidan ushlab turilgani to‘g‘risida xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘langanini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Qoraqalpog‘iston bo‘yicha hududiy boshqarmasi holat yuzasidan izoh bergan.
«Dastlabki tekshiruv natijasida xorijiy jurnalistlar faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida oldindan akkreditatsiyadan o‘tmasdan amalga oshirilgani aniqlandi, bu amaldagi qonunchilikni buzish hisoblanadi», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Aleksey Pivovarov taniqli telejurnalist, NTV va boshqa telekanallarda ishlagan, so‘nggi yillarda postsovet va uzoq xorij mamlakatlari haqida bir qator ko‘rsatuvlar e’lon qilgan «Redaksiya» YouTube kanali muallifi.