So`ngi yangiliklar
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti xodimlari tomonidan 27 ming АQSh dollarini noqonuniy olib chiqishga urinish holatlari fosh etildi
“Toshkent-Аero” IBK tomonidan joriy yilning oʼtgan 11 oyi davomida 167 ta holatda 10 mlrd 208,7 mln soʼm xorijiy valyutalarning noqonuniy olib chiqilishi oldi olingan. Shulardan 161 ta holatda fuqarolar meʼyordan ortiq 883 ming 996 АQSh dollarini olib chiqishga uringan.

Birgina noyabr oyining oʼzida aniqlangan mazkur holatlarda Istanbulga va Pekinga uchayotgan yoʼlovchilarning xatti-harakati bojxona xodimlarida shubha uygʼotgach, belgilangan tartibda bojxona koʼrigidan oʼtkaziladi.
Natijada, Turkiyaga ketayotgan yoʼlovchining qoʼl sumkasiga 10 ming, Xitoyga shaylangan yoʼlovchining yuklari orasidagi kitob ichiga 5 750 АQSh dollari yashirilgani aniqlandi.
Yana bir holatda esa bojxonachilar fuqaroning Xitoyga parvozi oldidan 2 nafar yoʼlovchiga 11 ming 700 АQSh dollarini berib, shu zaylda Oʼzbekistondan olib chiqish rejasini yoʼqqa chiqarishdi.
Shu oʼrinda eslatib oʼtish joizki, naqd valyutalarni olib chiqishga doir cheklovlar milliy valyutaga ham birdek taalluqlidir.
Eʼtiborlisi shundaki, fuqarolar nafaqat chet el, balki milliy valyutadagi meʼyordan ortiq pul mablagʼlarini ham olib chiqishga uringan. Ushbu harakat oʼz vaqtida toʼxtatilib, 23 mln soʼm pul mablagʼi huquqbuzarlik ashyosi sifatida vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Raqamlarga murojaat qilsak, “Toshkent-Аero” IBK tomonidan joriy yilning oʼtgan 11 oyi davomida 167 ta holatda 10 mlrd 208,7 mln soʼm xorijiy valyutalarning noqonuniy olib chiqilishi oldi olingan. Shulardan 161 ta holatda fuqarolar meʼyordan ortiq 883 ming 996 АQSh dollarini olib chiqishga uringan.
Eslatib oʼtamiz, amaldagi qonunchilikka muvofiq, jismoniy shaxslarga ekvivalenti 100 mln soʼmga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablagʼlarini Oʼzbekiston Respublikasidan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda cheklovlarsiz olib chiqishlariga ruxsat etiladi.



