So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekistonda 10 oyda qancha ish haqi va nafaqa pullari talon–toroj etilgani ma’lum qilindi
Respublikadagi mahallalarning 3646 tasida (38,5%) jinoyat qayd etilmadi, 4596 tasida (48,6%) jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Prokurorlar tashabbusi bilan 683 marotaba o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 9 311 nafar ishsiz fuqaro ishga joylashtirildi.
Ish haqi va nafaqa pullarining 5,8 mlrd. so‘mi talon - toroj qilinganligi aniqlanib, 71 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Joriy yilning 10 oyida tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarning 22 115 nafariga “Tez yordam” tamoyili asosida amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shundan, 5 587 nafar tadbirkorga 691 mlrd. so‘mlik kredit, 421 nafariga yer maydoni, 132 nafariga bino ajratilishi, 976 nafariga ruxsatnoma va litsenziya berilishi, 7 235 nafarini muhandislik tizimiga ulanishida amaliy ko‘mak berildi.
Natijada, faoliyat ko‘rsatmayotgan 7 210 ta tadbirkorlik subyektlarining faoliyati qayta tiklanishi hisobiga 10 mingdan ortiq ish o‘rinlari yo‘qotilishining oldi olindi.
Shuningdek, 7897 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, 18 565 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi.
Xorijiy investorlar faoliyatida yuzaga kelgan 3 125 ta muammolar ijobiy hal etildi.
2024 yilgi investitsiya dasturi asosida kurilish - ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan obyektlarda qurilish sifati va mablag‘lardan maqsadli foydalanishga alohida e’tibor qaratilib, 61,2 mlrd. so‘mlik sifatsiz ishlar va 82,1 mlrd. so‘mlik qo‘shib yozish holatlari joyida bartaraf etilib, huquqbuzarliklarning oldi olindi.