So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
O‘zbekiston fuqarolari noma’lum sabablarga ko‘ra BAA hududiga kiritilmayapti
O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolari amirliklar hududiga kiritilmayotgani yuzasidan ma’lumot berdi. Unga ko‘ra joriy yil 30 noyabr kuni Abu Dabi shahridagi Shayx Zoid nomidagi xalqaro aeroportga Toshkent—Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha Wizz Air aviaqatnovi orqali uchib kelgan 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi noma’lum sabablarga ko‘ra amirliklar hududiga kiritilmagan.
O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolari amirliklar hududiga kiritilmayotgani yuzasidan ma’lumot berdi.
Joriy yil 30 noyabr kuni Abu Dabi shahridagi Shayx Zoid nomidagi xalqaro aeroportga Toshkent — Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha Wizz Air aviaqatnovi orqali uchib kelgan 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi noma’lum sabablarga ko‘ra amirliklar hududiga kiritilmagan.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Abu Dabidagi elchixonasi va Dubaydagi Bosh konsulxonasi mazkur aeroport ma’muriyati hamda amirliklarning mutasaddi idoralari vakillari bilan muloqotda bo‘lib, vaziyatni nazoratga olgan.
«Aeroport ma’muriyati bilan hamkorlikda hamyurtlarimizni uch mahal ovqat bilan ta’minlash hamda ularga zarur hollarda tibbiy yordam ko‘rsatish choralari tashkil etildi. Yuzaga kelgan vaziyatni hal etish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda», — deyiladi xabarda.
Gazeta.uz nashri suhbatlashgan Shayx Zoid aeroportidagi fuqarolardan birining aytishicha, ayollar, bolalar va keksalar qo‘yib yuborilgan, 20 dan 40 yoshgacha bo‘lgan erkaklar mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin. Ularning hech biriga bu kabi harakatlar nima sababdan amalga oshirilayotgani yuzasidan izoh berilmagan.
«Uchib kelishimiz bilan pasport nazoratida bizni shunchaki chetga tortib, hech qanday tushuntirishlarsiz pasportlarimizni olib qo‘yishni boshlashdi. Biz qandaydir ma’lumot berishlarini kutib o‘tirdik. Keyin birma-bir chaqirib, nima maqsadda, qancha kunga kelganimizni so‘ray boshlashdi, telefon raqamlarimizni olishdi va savollarimizga javob bermagan holda yana ortga chiqarib yuborishdi. Shunday qilib, 15 soat o‘tirdik», — deydi nashr suhbatdoshlaridan biri.