So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
“O‘zbekiston-Xitoy biznes forumi” – Navoiy viloyati delegatsiyasi Xitoyda
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Nurota, Xatirchi tumanlari va Zarafshon shahri hokimlari hamrohligida xizmat safari bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.
Delegatsiyaning ilk uchrashuvi Chendu shahrida bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston-Xitoy biznes forumi” doirasida Guansi-Chjuan avtonom hududining Qishloq xo‘jaligi departamenti rahbari Veng Liping va Guansi qishloq xo‘jaligi universiteti prezidenti professor Li Siangong bilan bo‘ldi.
Guansi-Chjuan avtonom hududi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan hudud hisoblanib, meva va bambuk yetishtirish bo‘yicha 1-o‘rin, sabzavot yetishtirish bo‘yicha 2-o‘rin, chorva va baliq go‘shtini yetishtirish bo‘yicha 7-o‘rin, o‘rdak va tovuq go‘shtini yetishtirish bo‘yicha 4-o‘rin hamda dengiz mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi.
Uchrashuv davomida Navoiy viloyatida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xususan, suv tejash texnologiyalarini joriy etish orqali cho‘llanishning oldini olish, issiqqa chidamli va cho‘llarda o‘sadigan o‘simliklarni o‘zlashtirish, urug‘chilikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash, chorvachilik sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Jarayonda viloyatning qishloq xo‘jaligi salohiyati to‘g‘risida xitoyliklarga batafsil ma’lumotlar berildi hamda viloyatda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, shu jumladan, uzum, shaftoli, olma, nok, o‘rik, mosh, qalampir va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirib, eksportga chiqarish, shuningdek, suvni tejash texnologiyalarini joriy etish masalalari muhokama etildi.
So‘ng delegatsiya O‘zbekiston hududlari - Xitoy Sichuan provinsiyasi: savdo iqtisodiy va investitsiyalar forumi ochilish marosimida ishtirok etdi. Marosimda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov nutq so‘zladi.
“O‘zbekiston-Xitoy biznes forumi” doirasida Normat Tursunov Xitoy Kommunistik partiyasi Sichuan viloyati qo‘mitasi kotibi, Sichuan viloyat Xalq Kongressi doimiy qo‘mitasi direktori Van Syaoxuey hamda qo‘mitaning bir guruh a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki hudud o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar, turizm va logistika sohalarida hamkorlik hamda kelgusida birodarlik bitimini imzolash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Navoiy viloyati delegatsiyasining Xitoy safari davom etmoqda.