Qidirish

20:12 / 2024-11-30 525 0 Jamiyat

Topshiriqlar ijrosodagi ma’suliyatsizligi uchun 20 ga yaqin hokim va mansabdorlar jazolandi

Qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalafot o‘tkazish, iste’molchilarga yoqilg‘i-energiya resurslarini barqaror yetkazib berish hamda ularni tejash bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim rahbarlarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi. Mazkur hujjatga asosan hududlardagi bir qator mas’ullarga intizomiy jazo qo‘llangan

world-news

Xususan, elektr energiyasi va tabiiy gazni iqtisod qilish bo‘yicha belgilangan rejaga amal qilmagani, energiya resurslaridan foydalanishda limitdan oshishiga yo‘l qo‘ygani hamda nazoratni ta’minlamagani uchun Oqoltin tumani hokimi K.Ernazarov, Mirzaobod tumani hokimi O.Raxmonqulov, Bo‘stonliq tumani hokimi J.Axmedov, Bekobod tumani hokimi Sh.Do‘sbekov, Zangiota tumani hokimi E.Rustamov, Toshkent tumani hokimi S.Ergashev, Yangiyo‘l tumani hokimi O.Ataullayev, Qo‘qon shahar hokimi M.Usmonov, Bog‘dod tumani hokimi G‘.Soliyev, Beshariq tumani hokimi R.Jo‘rayev, So‘x tumani hokimi S.Saidmusayev, Furqat tumani hokimi E.Asronqulovga “hayfsan” berilgan.

Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘ygani uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri B.Juzbayev, Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari K.Komilov, Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari G‘.Murodxo‘jayev, Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari O.Sultonbekov, Andijon tumani hokimi B.Yo‘ldoshev, Beruniy tumani hokimi I.Xidirovga “hayfsan” e’lon qilingan.

Bundan tashqari, hududlarda aholiga ko‘mir tarqatishni kechiktirish, sifatsiz ko‘mir tarqatish kabi holatlar juda ko‘p kuzatilgani hamda ushbu holatlarni zarur darajada nazoratga olmagani uchun “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori o‘rinbosari E.Yoqubov oxirgi marta ogohlantirilgan.

Farmoyish bilan tegishli vazirlik va idoralarga ko‘rsatilgan shahar hamda tumanlar sektor rahbarlari faoliyatiga baho berib, ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish hamda natijalari to‘g‘risida bir kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish topshirilgan.

Izohlar 0

Fikr bildirish