So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Endilikda MIB sud ijrochilari xalqaro ittifoqi bilan hamkorlik qiladi
Prezident "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirilishi munosabati bilan prezident ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
Majburiy ijro byurosi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlardagi a’zoligi bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatiga kiritildi.
Byuro Sud ijrochilarining xalqaro ittifoqiga a’zolik badallarini o‘z vaqtida to‘lash uchun mas’ul bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: Sud ijrochilarining xalqaro ittifoqi – turli mamlakatlarning sud ijrochilari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish va rivojlantirish uchun tashkil etilgan nodavlat tashkilot. 1952 yilda Fransiya Sud ijrochilarining milliy palatasi tashabbusi bilan tuzilgan. Hozirgi vaqtda tashkilot taxminan 100 ta mamlakatning sud ijrochilari xizmatlarini birlashtiradi.
Shuningdek, Majburiy ijro byurosi rivojlantirish jamg‘armasi Kuzatuv kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Xususan, Byuro direktori, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i o‘rniga uning tarkibiga lavozimi bo‘yicha Bosh prokuraturaning Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i kiradi.