So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Bitta pasportga bitta bank kartasi berilishi haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi
Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan bitta jismoniy shaxsga bitta bank kartasi berilishi bo‘yicha ma’lumotlar noto‘g‘ri ekanini ma’lum qildi.
Banklar tomonidan bitta jismoniy shaxsga (bitta JSHSHIRga) kartalar sonini (virtual va kobeydjing kartalarini inobatga olgan holda) vaqtinchalik bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha belgilash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bundan asosiy maqsad bank kartalari bilan bog‘liq shubhali (frod) operatsiyalarning oldini olish, firibgarlik sxemalarida jismoniy shaxslarga tegishli hisobvaraqlar va bank kartalari ishtirokini kamaytirish iborat.
Ushbu talab chet el valyutasida ochilgan bank kartalariga nisbatan tatbiq etilmasligi ko‘zda tutilmoqda.
Bugungi kunda bank kartalariga ega jismoniy shaxslarning qariyb 97 foizida (22 mln) 5 tagacha, 3 foiz (770 mingta) jismoniy shaxsda 5-20 gacha hamda 0,03 foizda yoki 7 mingta jismoniy shaxsda 20 tadan oshiq kartalar rasmiylashtirilgan.
Jismoniy shaxslar nomiga ko‘p miqdorda ochilgan bank kartalarini tahlil qilish jarayonida, ushbu bank kartalarining bir qismidan (aksariyat holatlarda karta egasining xabari yo‘q) firibgarlik maqsadlarida foydalanilayotganligi aniqlangan.
Muhokama qilinayotgan me’yorlar aholining bank kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishda noqulayliklar keltirib chiqarmaydi va ushbu talablar tijorat banklarining bank kartalarini emissiya qilish faoliyatini tartibga solishga qaratilgani ta’kidlandi.