So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
"Yer yuzi aholisining qariyb yarmi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda" – JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bu borada hukumatlarni tegishli choralarni ishlab chiqish va profilaktika, diagnostika hamda davolash qamrovini oshirishga chaqirdi. Xususan, JSST tomonidan og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi masalalariga bag‘ishlab ilk bor tashkil etilgan global yig‘ilishda 110 dan ortiq mamlakatlar delegatsiyalari tomonidan 2030 yilgacha mo‘ljallangan Og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya tasdiqlanishi kutilmoqda.
Jahon soqliqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘i patologiyalari — yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning eng keng tarqalgan turlaridan. Hozir dunyo bo‘yicha taxminan 3,5 mlrd odam shunday xastaliklardan aziyat chekmoqda. Buning asosiy sababi, avvalo, tish parvarishiga e’tiborsizlik bilan bog‘liq. Oqibatda kariyes, milk kasalliklari, tishlar tushishi, og‘iz bo‘shlig‘i saratoniga chalinish holatlari ko‘paymoqda.
JSST rahbari Tedros Gebreyesusga ko‘ra, millionlab insonlar og‘iz bo‘shlig‘i salomatligini ta’minlash bilan bog‘liq tibbiy xizmatlar narxi sezilarli darajada qimmatligi sabab ulardan foydalana olmaydi. Shu bois tashkilot bu borada hukumatlarni tegishli choralarni ishlab chiqish va profilaktika, diagnostika hamda davolash qamrovini oshirishga chaqirdi.
Xususan, JSST tomonidan og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi masalalariga bag‘ishlab ilk bor tashkil etilgan global yig‘ilishda 110 dan ortiq mamlakatlar delegatsiyalari tomonidan 2030 yilgacha mo‘ljallangan Og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya tasdiqlanishi kutilmoqda.