So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Poytaxtdagi xonadonlardan birida salkam 25 ming dona pirotexnika vositalari saqlanayotgani aniqlandi
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga karshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Milliy gvardiya va ichki ishlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining ichki hududdagi noqonuniy aylanmasi fosh qilindi.
Yangi yil bayrami yaqinlashgan sayin kun tartibiga chiqadigan pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi respublikamiz bojxonachilari tomonidan tezkor chora-tadbirlar muntazam davom ettirilmoqda.
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga karshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Milliy gvardiya va ichki ishlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining ichki hududdagi noqonuniy aylanmasi fosh qilindi.
Poytaxtimizning Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan tezkor kuzatuvga olingan shaxsning xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, bu yerda xorijda ishlab chiqarilgan, muqaddam noqonuniy yo‘llar bilan respublikamizga olib kirilgan 205 ta qog‘oz qutida 2 turdagi pirotexnika vositalari qonunga xilof tarzda saqlanayotganligi fosh bo‘ldi.
Rangli tutun chiqaruvchi va uchqun sachratuvchi mazkur pirotexnika vositalarining umumiy miqdori 24 ming 637 donani, qiymati esa dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 737 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.
Hozirda mazkur pirotexnika vositalari vaqtincha saqlovga olindi hamda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, respublikamiz bojxonachilari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida aniqlangan 80 dan ziyod bojxona qonunbuzilishi holatlarida 7,5 mln donaga yaqin pirotexnika vositalarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yilgan.