So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Poytaxtda jamoat transporti tun-u kun ishlash rejimiga o‘tkazilishi mumkin
Strategik islohotlar agentligi tomonidan O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida quyidagi takliflar ishlab chiqilmoqda.
Toshkent shahrida tungi iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida ko‘plab islohotlar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Poytaxt ko‘chalarida jamoat transportini tunu kun ishlash rejimiga o‘tkazish shular jumlasidan. Bu haqda Strategik islohotlar agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, agentlik tomonidan tungi iqtisodiyot bo‘yicha Buyuk Britaniya, Tailand, AQSH, BAA va Avstraliya tajribasi va ushbu yo‘nalishni O‘zbekistonda yanada rivojlantirish istiqbollari o‘rganilgan.
Unga ko‘ra, 2023 yil holatida Londonda tungi iqtisodiyotdan yillik tushumlar miqdori — 44 mlrd dollar, Bangkokda — 10 mlrd dollar, Nyu Yorkda — 35 mlrd dollar, Dubayda — 29 mlrd dollar hamda Sidneyda — 3,8 mlrd dollarni tashkil etgan.
«Toshkent shahrida tungi iqtisodiyotni rivojlantirish uchun birinchi qadam sifatida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan imkoniyatlar chetda qolib, bir nechta ko‘chalarni gastronomik ko‘chalarga aylantirish chora-tadbirlari bilan cheklanib qolinmoqda», deyiladi ma’lumotda.
Shu bois Strategik islohotlar agentligi tomonidan O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida quyidagi takliflar ishlab chiqilgan:
2025 yil 1 fevraldan boshlab tungi iqtisodiyot va turizmni rivojlantirishga qaratilgan ishchi guruh tashkil etish;
tungi iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har juma va shanba kunlarida dam olish maskanlarni 24/7 rejimida uzluksiz ravishda ishlashini ta’minlash va tunda faoliyat olib boruvchi maskanlarning ish vaqti bilan bog‘liq cheklovlarni bekor qilish;
Toshkent shahrida turistik salohiyatga ega hududlarni belgilab ushbu hududlarda tungi faoliyat zonalarini tashkil qilish;
tungi iqtisodiyot rivojlantirilishi rejalashtirilgan shaharlarning har birida jamoat transportini (avtobus, tramvay, metro) 24 soatlik rejimga o‘tkazish;
«Tungi Toshkent» elektron platformasini ishlab chiqish hamda ushbu platformada tunda faoliyat olib boradigan maskanlar, tungi jamoat transporti yo‘nalishlari hamda maxsus arzonlashtirilgan takliflar haqida ma’lumot olish imkonini yaratish;
tungi iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida belgilangan muayyan hududlarni modernizatsiya qilish, ko‘chalarda yoritish tizimini kuchaytirish hamda aholi va turistlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish.
«O‘zbekistonda tungi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni loyihasi hamda tungi iqtisodiyotni rivojlantirish va litsenziyalar berish tartibini isloh qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.