So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori Igor Krasnovni qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori Igor Krasnovni qabul qildi.
Ikki tomonlama keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Terrorizm, ekstremizm, kiberjinoyatlar, korrupsiya va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohalarida, jinoiy aktivlarni qaytarish, sunʼiy intellektni joriy etish va raqamlashtirish borasida bosh prokuraturalar oʻrtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Mamlakatlarimiz prokuratura idoralari oʻrtasida yaqin muloqotni yoʻlga qoʻyish, oʻzaro aloqa va almashinuvlarni kengaytirish, qoʻshma tadbirlar oʻtkazish zarurligi taʼkidlandi.