So`ngi yangiliklar
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini tayinlash toʻgʻrisida prezident famoni eʼlon qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli qarorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzoligiga nomzodlar maʼqullandi.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq:
Achilbay Jumaniyazovich Ramatov – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari;
Djamshid Anvarovich Kuchkarov – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri;
Jamshid Abduxakimovich Xodjayev – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari;
Zulayxo Baxriddinovna Maxkamova – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi;
Laziz Shavkatovich Kudratov – Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri;
Botir Erkinovich Zaxidov – Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri;
Ibroxim Yulchiyevich Abdurahmonov – Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri;
Shavkat Raximovich Xamrayev – Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri;
Sherzod Saidjanovich Xidoyatov – Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri;
Ilxam Rustamovich Maxkamov – Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri;
Joʻrabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov – Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri;
Bobir Farxadovich Islamov – Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri;
Sherzod Xotamovich Shermatov – Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri;
Aziz Abdukaxarovich Abduxakimov – Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri;
Asilbek Anvarovich Xudayarov – Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri;
Xilola Uktamovna Umarova – Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri;
Kongratbay Avezimbetovich Sharipov – Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri;
Adxam Ilxamovich Ikramov – Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri;
Ozodbek Axmadovich Nazarbekov – Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri;
Akbar Djurabayevich Tashkulov – Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri;
Baxtiyor Odilovich Saidov – Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri;
Abdulla Xamidullayevich Kuldashev – Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri;
Poʻlat Razzaqovich Bobojonov – Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri;
Baxodir Nizamovich Kurbanov – Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari etib tayinlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



