So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
“Yangi Oʻzbekiston Parlamenti? Kim buning tashabbuskori? Men meʼmor deb sizni aytardim” – Akmal Saidov
Kecha, 20-noyabr kuni Oliy majlisning yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Majlisda Oʻzbekistonning eski-yangi bosh vaziri etib, Abdulla Aripov maʼqullandi. Yigʻilishda deputat Akmal Saidov ham soʻzga chiqib, prezident Shavkat Mirziyoyevni Yangi Oʻzbekistonning Yangi Parlamentining meʼmori deb atagan.
Janob Akmal Saidov, prezident Shavkat Mirziyoyevning Parlamentdagi chiqishida Parlamentga oid hikmatli soʻzlarni eshitganini alohida urgʻulagan.
“Bugun, men eshitib turib, bir qancha parlamentga oid hikmatli tushunchalarni kiritdingiz. Yangi Oʻzbekiston Parlamenti, Parlament bu xalq uyi, demokratiya maktabi dedingiz. Bugun Parlament xalq xizmatchisi. Xalq uyidan xalqchil qonunlar chiqishi kerak degan yangi bir hikmatli soʻzlarni aytdingiz. Shunda men oʻylab qoldim. Yangi Oʻzbekiston Parlamenti? Kim buning tashabbuskori? Men meʼmor deb sizni aytardim”, degan Saidov.
Deputatning aytishicha, u prezidentning “Hozirgi zamonaviy Oʻzbekiston” kitobidan ham Parlamentga oid “qaymoq” fikrlarni oʻzlashtirgan.
“Quruq soʻz boʻlmasligi uchun raqamlar keltirmoqchiman. Bugun mana-shu soʻnggi sakkiz yilda siz mana-shu minbardan turib, 14-marta gapirdingiz. 4-marta Senatda gapirgansiz. 4 marotaba Parlament oldida Murojaatnoma ham qilgansiz. Ayniqsa, Qonunchilik palatasi bilan alohida uchrashganingizda palata faoliyatining dastur va yoʻnalishlarini belgilab bergansiz. Bugungi chiqishingizda ham Parlamentning 2030-yilgacha faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini bilib oldik. Men bugungi maʼruzangizni aytmoqchi edimki, yaqindagina chop etilgan sizning ikkinchi fundamental mualliflik kitobingiz «Hozirgi zamonaviy Oʻzbekiston” kitobida parlamentga oid gʻoyalarning qaymogʻini koʻrdim desam, mubolagʻa boʻlmasdi» degan Akmal Saidov.
“Bugungi Parlament kechagi Parlament emas. Bugungi deputat kechagi deputat emas. Bugungi partiya fraksiyasi partiya fraksiyasi emas”, dedi Saidov Prezidentdan iqtibos keltirib.
Maʼlumot uchun, 66 yoshli Akmal Saidov Oliy Majlis deputatligiga 1997-yildan buyon saylanib kelmoqda. Unga qadar Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchisi lavozimida ishlagan. Siyosatchi 2007 va 2015-yillarda prezidentlik saylovlarida Islom Karimovga raqib boʻlgan. U 1996-yildan buyon Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori ham hisoblanadi.