So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Turk armiyasi Iroqda ikki nafar terrorchilarni oʻldirdi. 8 nafar iroqliklar ISHID qoʻlida jon berdi
Turkiya Qurolli kuchlari terrorizmga qarshi samarali va qatʼiy kurashni davom ettirmoqda.
Iroq shimolidagi “Pençe-Kilit” jangovor operetsiyasi hududida ikki nafar terrorist oʻldirildi. Bu haqda Anadolu agentligi Turkiya milliy mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
Shuningdek, Iroq sharqidagi Diyala viloyatidagi qishloqda ISHID jangarilarining qurolli hujumi natijasida 8 kishi halok boʻldi. Xalis tumani maʼmuriyati matbuot kotibi Udai al-Xadranning maʼlum qilishicha,terrorchilar Albu Bali qishlogʻiga uch tomondan hujum qilgan.
Xadranning soʻzlariga koʻra,sakkiz nafar qishloq aholisi hujum qurboni boʻlgan,uch nafari kasalxonaga yotqizilgan. Terrorchilarni qoʻlga olish uchun operatsiya boshlandi.
Maʼlumot oʻrnida, 2014-yil iyun oyida ISHID terrorchilari Iroqning ikkinchi yirik shahri – Mosul,Salahaddin va Al-Anbar viloyatlarini,shuningdek,Diyala va Kirkuk viloyatlarining bir qismini egallab olishdi. Keyingi bir necha yil ichida Iroqning bu hududlari terrorchilardan ozod qilindi.