So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
AQSHda kiyiklar orasida “zombi virus” tarqaldi
AQSHning Yellouston milliy bogʻidagi kiyiklar orasida “zombi virusi” kasalligining bir turi tarqala boshladi.
Maʼlum boʻlishicha, kasallangan kiyiklarning miya faoliyatida anormalliklar kuzatilgan, yaʼni hayvonlarda odamlardan qoʻrqish hissi butkul yoʻqolgan va ular istirohat bogʻida maqsadsiz kezib, soʻngra oʻlishgan.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, virus yuqumli, hozirda unga qarshi vaksina yoʻq va kasal hayvonni davolashning iloji yoʻq.
Shu bilan birga, olimlar virus turlararo toʻsiqni yengib oʻtishini istisno qilmaydi, shuning uchun ular uni odamlar uchun potensial xavfli deb tasniflashdi.
“Shu munosabat bilan mutaxassislar kiyik goʻshti isteʼmol qilmaslikni tavsiya qilmoqda”, deb yozdi Daily Mail nashri.
Avvalroq Perudagi bir odamda nomaʼlum boʻlgan virus topilgan. 20 yoshli bemor isitma, titroq, mushak va boʻgʻimlarda ogʻriq shikoyatlari bilan shifokorlarga murojaat qilgan.