So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
AQSHda apokalipsisdan saqlovchi ulkan yer osti shahri qurildi
Amerikaning Vivos kompaniyasi Qoʻshma Shtatlarda qiyomat yuz bergan taqdirda, oʻn minggacha odam omon qolishi mumkin boʻlgan ulkan yer osti shahrini qurdi. Bu haqda Metro nashri xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, yer osti dunyosi janubiy Dakota togʻlarida AQSH armiyasining sobiq bazasi oʻrnida qurilgan boʻlib, har biri taxminan 200 kvadrat metr boʻlgan 575 ta bunkerni oʻz ichiga oladi.

Kompaniya direktori Dante Vichinoning soʻzlariga koʻra, soʻnggi bir yil ichida bunkerdan xonani bron qilishni xohlovchilar soni 2000 foizdan koʻproqqa oʻsgan, sotuvlar esa toʻrt barobarga oshgan.
“Hamma nima qilishni bilmay turgan bir vaqtda, bizning jamoamiz aʼzolari yuzlab hamfikrlar bilan birga tinchgina oʻzlarining boshpanalariga yoʻl olishadi, ular ogʻir eshiklar ortida tashqi dunyodan keluvchi har qanday xavf-xatardan omon qolishlari mumkin” — deydi Vichino.




Kompaniya bunkerlarning kamida bir yil davomida tashqi dunyo bilan aloqasisiz avtonom ishlashiga kafolat beradi. Boshpanadagi bitta joy mijozga 55 ming AQSH dollariga tushadi.
Qayd etish kerak, Janubiy Dakotadagi yer osti shahridan tashqari, Vivos kompaniyasi AQSHning Indiana shtatida 20 megatonlik yadroviy bombaning deyarli toʻgʻridan-toʻgʻri zarbasiga bardosh beradigan bunker qurgan.