So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ukrainada sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisidagi farmon tasdiqlandi. Farmonda Oʻzbekiston shirkatlari va fuqarolari ham bor
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 147 nafar jismoniy shaxs va 303 ta yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisidagi farmonlarni imzoladi. Sanksiyalar roʻyxatiga kiritilganlar orasida Oʻzbekiston korxonalari va fuqarolari ham bor.
Jumladan, Akkermann Cement CA (Ohangaron), “Ohangaronsement” AJ, shuningdek, Narziyeva Nargiza Erkinovna, Nosirxoʻjayev Shohrux Olimjonovich sanksiyalar roʻyxatidan joy olgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Nosirxoʻjayev Shohrux Olimjonovich – BAAda joylashgan, Alisher Usmonovning “Metalloinvest”iga qarashli Hamriyah Steel metalloprokat zavodi bosh direktori. Avvalroq u AQSHning Rossiyaga qarshi kiritgan sanksiyalari roʻyxatiga ham tushgan.
Bundan tashqari, Narziyeva Nasiba Erkinovna – Shohrux Nosirxoʻjayevning turmush oʻrtogʻi, Alisher Usmonovning jiyani. U ham avval AQSH sanksiyalariga tushgan. Prezident Zelenskiy oʻzining kechki videomurojaatida sanksiya ostiga tushganlarni Rossiya tajovuzkorligi uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ishlashda yoki unga yordam berishda ayblagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSH hukumati Alisher Usmonovning USM xolding kompaniyasiga aloqador Akkermann Cement CA va u egalik qiladigan “Ohangaronsement” AJga nisbatan sanksiya joriy qilgandi.