So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“AQSH aslo chekinmaydi”: Amerikada Baydenning Putin va HAMASga qarshi fikrlari aks etgan katta maqolasi chop etildi
AQSH prezidenti Jozef Baydenning “Vashington Post” gazetasida katta maqolasi chop etildi.
Mazkur maqolada AQSH tomoni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Falastindagi Hamas harakati oʻrtasidagi oʻxshashliklarga urgʻu bergan, Ukraina va Isroil manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chaqiriqlarni qayd etgan.
“Putin ham, Xamas ham qoʻshni davlatlar (Ukraina, Isroil) dagi demokratiyani xaritadan oʻchirish uchun kurashmoqda. Putin ham, HAMAS ham kengroq mintaqaviy barqarorlik va integratsiyaga putur yetkazishga va yuzaga kelgan tartibsizlikdan foydalanishga umid qilmoqda. Oʻz milliy xavfsizlik manfaatlarimiz uchun — dunyo farovonligi uchun Amerika bu ishlar sodir boʻlishiga aslo yoʻl qoʻymaydi. AQSH chekinmaydi”, deyiladi maqolada.

Maqolada keltirilganlardan Bayden maʼmuriyati hozirda Kongress orqali Ukraina va Isroilga yordamni birlashtirgan qoʻshimcha harbiy yordam paketini oʻtkazishga harakat qilayotganini tushunish mumkin. Bu harakat Ukrainaga yordamni davom ettirishga qarshi boʻlgan Vakillar palatasida respublikachilarning salmoqli qismining qarshiligini yengish uchun qilinayotgani aytiladi.
Bayden oʻtgan oyda ham qilgan chiqishida Putin va Xamasning harakatlari oʻrtasida oʻxshashliklar borligiga urgʻu qaratgan edi. Kreml Hamasning 7-oktyabrdagi Isroilga qarshi hujumini qoralamagan, ammo Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov oʻshanda bunday “ritorik hujumni qabul qilib boʻlmas vaziyat” deya taʼriflagan.