So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Kelishuv yoʻq” – Isroil asirlar borasida Hamas bilan muzokara yoʻqligini bildirdi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning aytishicha, hozirda Gʻazo sektoridan garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha biror bir kelishuv mavjud emas.
“Gʻazodagi operatsiyadan soʻng Isroil armiyasi sektorda toʻliq harakat erkinligiga ega boʻlishi kerak, faqat bu anklavning demilitarizatsiyasini taʼminlaydi”, degan Netanyaxu.

Falastindagi Hamas harakati esa garovga olinganlar hayoti uchun masʼul guruhlar bilan aloqa uzilganini bildirgan.
HAMAS vakilining soʻzlariga koʻra, harakat “isroillik garovga olinganlarni qoʻriqlash vazifasi yuklangan bir qancha guruhlar bilan aloqani uzgan”. Uning qoʻshimcha qilishicha, “garovga olinganlarning taqdiri nomaʼlum”.
Gʻazodagi Xamasga aloqador guruhlar bilan aloqa yoʻqligi sabablari haqida maʼlumot berilmagan. Soʻnggi haftalarda Xamas Isroil armiyasining Falastin anklavining turli hududlarini bombardimon qilgani tufayli radikallar tomonidan asirga olingan bir necha kishi halok boʻlgani haqida bir necha bor bayonot berdi.