So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Oʻzbekiston milliy, mintaqaviy va global darajada iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashni kuchaytirish yuzasidan qator taklif va tashabbuslarni ilgari surmoqchi
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi joriy yil 1-2-dekabr kunlari Dubay shahrida boʻlib oʻtadigan BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hadli konvensiyasi ishtirokchilarining 28-konferensiyasi doirasidagi Iqlim oʻzgarishlariga qarshi kurashish sohasidagi harakatlar boʻyicha jahon sammitida ishtirok etadi.

Dunyoning deyarli barcha mamlakatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillari toʻplanadigan ushbu forum iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish va uning oqibatlarini yumshatish, iqlim boʻyicha strategiyalar va “yashil” energetikaga oʻtishni moliyalashtirish borasidagi xalqaro saʼy-harakatlarni birlashtirishda gʻoyat muhim ahamiyatga ega.
Iqlim oʻzgarishi muammosi Orol dengizining qurishi oqibatida kelib chiqqan ekologik inqirozni boshidan kechirayotgan Markaziy Osiyo mintaqasi uchun eng oʻtkir muammolardan biriga aylanmoqda.
Oʻzbekistonda “yashil” kun tartibidagi masalalarni ilgari surishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini iqlim oʻzgarishiga moslashtirish, uglerod neytralligiga erishish hamda qayta tiklanuvchi energetika ulushini oshirish choralari koʻrilmoqda.
Oʻzbekiston global ekologik xatarlarga qarshi kurashish boʻyicha koʻp tomonlama saʼy-harakatlarda faol ishtirok etmoqda. Xususan, 2023-yil 13-17-noyabr kunlari Samarqand shahrida 130 dan ortiq mamlakat delegatsiyalari ishtirokida BMTning Choʻllanishga qarshi kurashish konvensiyasi bajarilishini koʻrib chiqish qoʻmitasining 21-yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
Kelgusi yilda Samarqandda Xalqaro iqlim forumi boʻlib oʻtadi, unda Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqlim bilan bogʻliq tahdidlarga qarshi kurashish boʻyicha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi loyihasi muhokama qilinadi.
Dubay shahrida boʻlajak SOR-28da Oʻzbekiston milliy, mintaqaviy va global darajada iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashni kuchaytirish yuzasidan qator taklif va tashabbuslarni ilgari suradi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyati tomonidan SOR-28 raisi sifatida ilgari surilayotgan muhim tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashini bildirgan.



