So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Falastin – oʻzining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega – Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda boʻlib oʻtgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida global tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid solayotgan Yaqin Sharqdagi Falastin-Isroil urushiga alohida toʻxtaldi.
“Ming afsuski, bu qonli nizo oqibatida avvalo, tinch aholi vakillari, ayniqsa, ayollar, bolalar va keksalar koʻplab qurbon boʻlmoqda. Urushning mintaqa boʻylab yoyilib ketish xavfi tobora real tus olmoqda.
Qarama-qarshilikning keng koʻlamli nizoga aylanib ketishiga aslo yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Biz tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni toʻxtatishga, tinch muzokaralarni boshlash, oqilona murosaga kelishga chaqiramiz.
Falastin xalqi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, yaʼni, oʻzining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan qatʼiy pozitsiyamizni yana bir bor bildiramiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Asrlar davomida bizga yon qoʻshni boʻlgan koʻpmillatli Afgʻoniston xalqini bugungi murakkab muammolari qarshisida yolgʻiz qoldirib boʻlmasligi, ushbu mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga faol jalb etish barqaror taraqqiyotimizning ajralmas va zaruriy sharti ekani taʼkidlandi.
Davlat rahbari yigʻilganlarni shuningdek, afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatishni koʻpaytirishga, ushbu mamlakatdagi oʻtkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni jamoaviy masʼuliyat va maqbul mexanizmlar asosida hal etishga chaqirdi.