So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Qon toʻkilishini toʻxtatish va darhol muzokaraga kirishish kerak” – Bobur Bekmurodov
“Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov Isroil-Falastin mojarosiga munosabat bildirib, Gʻazo sektorida evakuatsiya holati joriy etilishiga tarafdorligini bildirdi.
«Gʻazo sektorida vaziyat ogʻirlashmoqda. Ayollar, bolalar, tinch aholining qoni toʻkilishini toʻxtatish, ikki tomon darhol muzokaralarga oʻtishi kerak. Sektorda ichimlik suvi qamalini bekor qilish, gumanitar korridorlarni ochish lozim.
Xususan, sektorga BMTning gumanitar karvoni, Qizil yarim oy jamiyatining missiyasi kiritilishi uchun sharoit yaratilishi lozim. Geosiyosiy polyarizatsiyaning chuqurlashishiga yoʻl qoʻymaslik, mintaqaga taʼsir oʻtkazuvchi yirik mamlakatlar eʼtiborni tarafkashlik qilish emas, tinchlik oʻrnatishga qaratishi kerak», degan Bekmurodov.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq SAXAL juma kuni 1 million falastinlikka anklav shimolini tark etish talabini qoʻygan boʻlib, bu talabga koʻra, falastinliklar Toshkent vaqti bilan 18:00 gacha oʻz uylarini tashlab Gʻazo sektorining janubiy qismiga koʻchib oʻtishlari kerak boʻladi.
Falastin sogʻliqni saqlash vazirligi shu paytgacha qurbonlar soni 1900 nafardan ortgani boʻyicha maʼlumot bergan.