So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Eronda ayollar hijob oʻramasa 10 yilgacha qamalishi mumkin
Eron parlament komissiyasi hijob toʻgʻrisidagi qonunni buzganlik uchun jazoni kuchaytirishni maʼqulladi.

Eron parlament komissiyasi hijob toʻgʻrisidagi qonunni buzganlik uchun jazoni kuchaytirishni maʼqulladi. Bu haqda 21-avgust, dushanba kuni DPA agentligi xabar bergan.
Unga koʻra, qonun loyihasi 70 ta moddadan iborat boʻlib, ular orasida hijob kiyishdan bosh tortgan ayollarga nisbatan ancha kattaroq jarimalar va uzoq qamoq jazolari, qonunni buzgan mashhur shaxslar va kompaniyalar uchun yangi qattiq jazolar hamda kiyinish qoidalarini aniqlash uchun sunʼiy intellektdan foydalanish kiradi.
Eron qonunchiligining amaldagi tahririda kiyinish qoidalarini buzganlik uchun 10 kundan ikki oygacha qamoq yoki 50 000 dan 500 000 Eron realiga (1 dan 10 yevrogacha) jarima solinadi. Yangi qonunlar toʻplami besh yildan oʻn yilgacha qamoq jazosini, shuningdek, 360 million Eron reali (7800 yevro)gacha jarimani nazarda tutadi.



