So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Dunyo aholisi borgan sari ijtimoiy tarmoqlarga bogʻlanib qolmoqda
Oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra 5 mlrd odam ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi va bu koʻrsatkich yildan-yilga oshib bormoqda.
Butun dunyoda qancha odam ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi maʼlum qilindi. Raqamli konsalting firmalarning oʻtkazgan tadqiqotlariga koʻra, besh milliard odam yoki dunyo aholisining 60 foizdan sal ortigʻi ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanuvchi hisoblanadi.
Keltirilishicha, 2022-yildan buyon ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni 3,7 foizga oshgan va butun internet auditoriyasi soni 5,19 milliard kishiga yaqinlashgan. Odamlarning ijtimoiy tarmoqlarda oʻtkazadigan vaqti ham oshib, kuniga oʻrtacha 2 soat 26 daqiqani tashkil qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 16-24 yoshdagi ayollar eng koʻp vaqt oʻtkazsa, 55-64 yoshdagi erkaklar eng kam faollik koʻrsatmoqda.
Oʻrtacha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi yettita platformaga ulangan, ulardan eng ommaboplari WhatsApp, Instagram va Facebook.
Sharqiy va Markaziy Afrikada har 11 kishidan faqat bittasi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi. Hozir dunyoning eng koʻp aholisi boʻlgan Hindistonda bu koʻrsatkich har uch kishidan biriga toʻgʻri keladi.