So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Qozogʻiston Rossiya gazini Oʻzbekistonga eksport qilish boʻyicha harakatlarni boshladi
2023-yilning iyun oyida Rossiya gazini Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga eksport qilish toʻrtinchi chorakda boshlanishi maʼlum qilingandi. Bu boʻyicha Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida shartnoma imzolanib, yoʻl xaritasi tasdiqlangan.

Gaz oldi-sotdisiga oid shartnoma “UzGastrade” va “Gazprom eksport” oʻrtasida 2 yil muddatga tuzilgan boʻlib, joriy yilning 1-oktabridan kuniga 9 mln kubometr tabiiy gazni import qilish boshlanishi, yillik hajmda esa qariyb 2,8 mlrd kubometrni tashkil etishi taʼkidlangandi. Qozogʻistonning “QazaqGaz” kompaniyasi oktyabr oyidan Oʻzbekistonga Rossiya gazini tashishni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, Spot xabar bermoqda.
“QazaqGaz” boshqaruvi raisi Sanjar Jarkeshov Rossiya tabiiy gazini Oʻzbekistonga tranzit qilish uchun moʻljallangan infratuzilmani tekshirish maqsadida Qozogʻistonning Atirau viloyatiga tashrif buyurgan.
“Milliy kompaniya rahbari Rossiya gazini Qozogʻiston hududi orqali Oʻzbekistonga tashish boʻyicha «Markaziy Osiyo — Markaz” gaz quvurining Qozogʻiston qismidagi tayyorgarlik ishlarining borishini koʻzdan kechirdi», — deyiladi “Kazinform” agentligiga tayanib.
Bundan tashqari, Qozogʻiston kompaniyasi barcha texnik tadbirlar tasdiqlangan jadvalga muvofiq toʻliq hajmda bajarilganini maʼlum qildi.
Uch tomonlama hamkorlik
2022-yil noyabrida Rossiyaning Oʻzbekiston va Qozogʻiston bilan “gaz ittifoqi”ni tuzish taklifi maʼlum boʻldi. Ommaviy axborot vositalari uning maqsadlari qatorida gaz tranziti va uni boshqa bozorlarga, xususan, Xitoyga yetkazib berishni muvofiqlashtirishi boʻyicha yozdi.
Oʻtgan yilning dekabr oyi oxirida Aleksandr Novak Markaziy Osiyoga gaz yetkazib berish boʻyicha muzokaralar davom etishini maʼlum qilgandi. Yanvar oyiga kelib, Oʻzbekiston “Gazprom” bilan hamkorlik qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni imzoladi.
Shundan soʻng, Energetika vazirligi bu boʻyicha izoh berib, tomonlar oʻrtasida tuzilgan Ishchi guruh Qozogʻiston va Oʻzbekiston hududidan oʻtuvchi “Oʻrta Osiyo — Markaz” gaz quvuri orqali gaz tranzitini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan texnik chora-tadbirlarga va oʻrganishga kelishib olingani hamda gaz transport tizimi kimgadir berilishi yoki suverenitetga qandaydir tahdid yoʻqligi qayd etildi.
Fevral oyida “Gazprom” bilan hamkorlikning navbatdagi bosqichini tezlashtirish boʻyicha kelishuv amalga oshirilgandi. Aprel oyi oxirida Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamaxmudov Rossiyadan Oʻzbekistonga gaz “Markaziy Osiyo-Markaz” gaz quvuri orqali yetkazilishi rejalashtirilganini maʼlum qildi. May oyida Qozogʻiston hukumati Rossiya gazining oʻz hududi orqali Oʻzbekistonga tranzitini amalga oshirish masalasini muhokama qilayotgani xabar qilindi.



