So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Nazarboyevning uchinchi kuyovi ham isteʼfoga chiqdi
Qozogʻistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning kuyovi Timur Kuliboyev “Atameken” Milliy tadbirkorlar palatasi rahbari lavozimini tark etdi. Bu haqda palata saytida chop etilgan bayonotda aytilgan.
“Bugundan boshlab men ”Atameken“ milliy tadbirkorlar palatasi prezidiumining saylangan raisi lavozimini tark etishga qaror qildim”, — deydi Kulibayev.
Murojaatnomasida u oʻzining sakkiz yillik faoliyatini sarhisob qigan, xususan, shu vaqt ichida “biznes va hukumat oʻrtasida konstruktiv muloqot” yoʻlga qoʻyilgani, “qulay ishbilarmonlik muhiti” izchil shakllantirilganini taʼkidladi.
Maʼlumot uchun, Kuliboyev sobiq davlat rahbarining oʻrtancha qizi Dinaraga uylangan. Avvalroq Nazarboyevning yana ikki kuyovi, “KazTransOil” AJ boshqaruvi raisi, sobiq prezidentning kenja qizi Aliyaga uylangan Dimash Doʻsanov va “QazaqGaz” Milliy kompaniyasi boshqaruvi raisi, Toʻngʻich qizi Darigʻaning eri deb atalgan Qayrat Sharipboyev oʻz lavozimidan ayrilgan edi.