So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Sadir Japarovning qarindoshi hibsga olindi
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning qarindoshi Ulan Japarov korrupsiyada gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda TASS prezident matbuot kotibi Erbol Sultonboyevga tayanib xabar bermoqda.
“Qoʻlga olingan Ulan Japarovga kelsak, u haqiqatan ham davlat rahbarining qarindoshi ekanligini maʼlum qilamiz. U bojxonadagi muammolar bilan bogʻliq korrupsion sxemalarda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda. Prezident Japarovning shaxsan oʻzi gumonlanuvchilarga nisbatan barcha qonuniy choralar koʻrilishini talab qildi”, — dedi Sultonboyev.
Sultonboyevning taʼkidlashicha, hibsga olingan 32 yoshli Ulan Japarov Qirgʻiziston prezidentining amakivachchasi ekanligini aytdi.
Qirgʻiz prezidenti matbuot kotibining qoʻshimcha qilishicha, u har qanday fuqaro jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda qonun doirasida toʻliq javobgarlikka tortiladi.
“Agar ish korrupsiya bilan bogʻliq boʻlsa, yetkazilgan zararni qoplash majburiydir. Bu holat korrupsiyaga qarshi kurashda tanlov yoʻqligini yana bir bor koʻrsatdi. Bu davlat rahbarining talabi”, - deya xulosa qildi u.