So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Titanik” sirlari. Bortida milliarder boʻlgan batiskaf Atlantika okeanida gʻoyib boʻldi
Besh nafar ekipaj aʼzosi bilan gʻoyib boʻlgan sayyohlik suv osti kemasida yaqin bir necha soat ichida havo yetishmasligi mumkin.
Britaniyaning “Magellan” kompaniyasining masofadan boshqariladigan chuqur dengiz mashinasi “Titan” batiskafi gʻoyib boʻlgan Atlantika okeaniga joʻnatiladi. Bu haqda Britaniyaning Express gazetasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, qurilma suv ostiga shoʻngʻishni tashkil qilgan OceanGate Expeditions kompaniyasi iltimosiga koʻra joʻnatiladi.
“Janubiy Shildsda joylashgan Britaniyaning “Magellan” kompaniyasining masofadan boshqariladigan mashinasi (POV) hozirda Jersi aeroportida C17 samolyotiga yuklanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Atlantika okeanida besh nafar ekipaj aʼzosi bilan gʻoyib boʻlgan sayyohlik suv osti kemasida yaqin bir necha soat ichida havo yetishmasligi mumkin. Nashrning yozishicha, qurilma 48 soat ichida, yaʼni batiskafda kislorod tugaganidan keyin yetib boradi.
NBC telekanalining xabar berishicha, batiskaf ichidagi kislorod taxminan Toshkent vaqti bilan 15:30 da tugagan boʻlishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, besh nafar ekipaj aʼzosidan iborat sayyohlik qurilmasi “Titanik” vayronalari oldiga tushish vaqtida gʻoyib boʻldi.
Amerikaning OceanGate Expeditions kompaniyasiga tegishli suvosti kemasi bortida uning asoschisi Stokton Rash, fransuz chuqur dengiz faxriysi Pol-Anri Narjeole, britaniyalik milliarder va kosmik sayyoh Hamish Xarding, pokistonlik tadbirkor Shahzoda Dovud va uning oʻgʻli Suleman bor.