So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Umra ziyoratchilari qanday vaksina bilan emlangan boʻlishlari kerak?
Ziyoratchilar uchun qaysi vaksina bilan emlanish talab etiladi? Mazkur savolga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati javob berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Umra safariga boruvchi fuqaro “COVID-19”ga qarshi “Astra-Zeneca”, “Moderna”, “Pfizer” yoki “Jonson & Jonson” vaksinalari bilan toʻliq emlanib, sertifikatga ega boʻlishi lozim.
Talab qilingan vaksinalarni emas, balki “Sputnik V” va Oʻzbekiston-Xitoy kabi vaksinalar bilan toʻliq emlangan fuqarolar yuqorida sanalgan vaksinalaridan biri bilan 1-marta emlanishi kifoya qiladi.
Eslatib oʻtamiz, 5-yanvar kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov Saudiya Arabistonidagi “Abu Sarhad” hamkor shirkati rahbari Abusarhad Nosir Abdulloh bilan “Umra – 2022” mavsumini amalga oshirish boʻyicha shartnoma imzolagan edi.
Shuningdek, Umra safari xizmati narxi oshgani va karantindan oldin toʻlov qilib navbat kutayotganlar ham qoʻshimcha toʻlov qilishlari kerakligi haqida xabar berib oʻtgan edik.