So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Rossiyalik bloger qamoqqa olindi. U Toshkentdagi seminarda qatnashishi kerak edi
Rossiyalik bloger Yelena Blinovskaya Rossiyadan chiqib ketmoqchi boʻlgan vaqtida qoʻlga olindi. U ertaga, 28-aprel kuni Toshkentdagi seminarda nutq soʻzlashi kerak edi.
Iticket.uz maʼlumotlariga koʻra, Blinovskaya 28-aprel kuni Oʻzbekiston poytaxtidagi joylardan birida “Toʻrtinchi oʻlchov” seminarida nutq soʻzlashi kerak edi. Hozirda chiptalar servisdan olib tashlangani yoʻq. Chiptalar narxi 1 million soʻmdan 8,8 million soʻmgacha (90 dan 780 dollargacha) turadi.
«Afsuski, aniq maʼlumot yoʻq boʻlsada, biz bu masalani hal qilyapmiz», - dedi RIA Novostiga seminarning PR agentligi.
Rossiya Tergov qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Blinovskaya 2019-2021-yillar uchun umumiy summasi 918 million rubldan ortiq soliqlarni toʻlamagan.
«U internet orqali biznesni “parchalash” sxemasi yordamida axborot xizmatlarini taqdim etdi, deyiladi boshqarma.
Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchining ishxonasi va yashash joyida tintuv ishlari olib borilmoqda. Hozirda tergov davom etmoqda», - deyiladi xabarda.
Avvalroq Rossiya Tergov qoʻmitasi Blinovskayaga nisbatan soliq toʻlashdan boʻyin tovlash va jinoiy daromadlarni legallashtirish boʻyicha ish qoʻzgʻatilgani, u Rossiya Federatsiyasidan chiqib ketmoqchi boʻlganida qoʻlga olingani haqida xabar bergan edi.