So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Tolibon” davlat xodimlariga “gʻalla siyosati”ni qoʻllamoqchi
“Tolibon” davlat xodimlariga oyliklarini gʻalla bilan toʻlashni yoʻlga qoʻymoqchi. Bu haqida “Sputnik Afganistana” xabar bermoqda.
Afgʻoniston qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Fazl Bari Fazlning maʼlum qilishicha, ushbu tadbir “Gʻalla uchun ish” dasturi asosida amalga oshirilmoqda. Unga koʻra, har bir xizmatchi bir kunlik ish haqi uchun 10 kg gʻalla oladi.
Toliblar shu maqsadda Ashraf Gʻani hukumatiga Hindiston tomonidan berilgan bugʻdoy, shuningdek, turli davlatlar tomonidan yetkazib beriladigan gumanitar yordam paketlarini ishga solmoqchi. Xususan, hozirda Pokiston 37 tonna, Hindiston esa 55 tonna gʻalla yetkazib berishi maʼlum qilingan.