So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 50 mingdan oshdi
Zilzila oqibatida vayron boʻlgan binolarga masʼul boʻlgan 500 dan ortiq shaxslar qoʻlga olindi.
Turkiyada 6-fevral kuni roʻy bergan zilzila qurbonlari roʻyxatida 50 mingdan ortiq odam bor. Bu haqda dushanba kuni Turkiya Favqulodda vaziyatlar departamenti rahbari Yunus Sezer maʼlum qildi.
“Oʻchogʻi Qahramonmarashda boʻlgan zilzilalarda halok boʻlganlar soni 50 096 kishini tashkil etdi. 107 204 kishi jabrlandi” — dedi.
Sezer, shuningdek, vayron qilingan binolarning texnik holati va qurilish standartlariga muvofiqligi uchun u yoki bu darajada masʼul boʻlgan 300 dan ortiq odam hibsga olinganini taʼkidladi.
104 nafar pudratchi, 161 nafar usta, 15 nafar bino egasi va uylarning asl loyihasiga oʻzgartirish kiritgan 18 nafar shaxs hibsga olingan.
Eslatib oʻtamiz, 6-fevral kuni Turkiya janubi-sharqida 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar sodir boʻldi. Yer silkinishlari, soʻng minglab yerosti silkinishlari respublikaning 11 viloyati va qoʻshni mamlakatlarda sezilgan boʻlib, ulardan Suriya eng koʻp jabr koʻrgan.