So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Milliy tashuvchilar diqqatiga! «Yuqori Lars» nazorat-o‘tkazish punktining ayrim yo‘laklari yopildi
Ayni damda nazorat-o‘tkazish punktida yuk mashinalari uchun tashkil etilgan 11 ta yo‘lakdan faqatgina 6 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
2023 yil 13 martdan Rossiya va Gruziya chegarasida ishlab turgan yagona “Yuqori Lars” (Verxniy Lars) nazorat-o‘tkazish punktida infratuzilmalarni rekonstruksiya qilish ishlari boshlanishi munosabati bilan yuk avtotransport vositalari harakatlanuvchi yo‘laklarning aksariyati yopildi.
Ayni damda nazorat-o‘tkazish punktida yuk mashinalari uchun tashkil etilgan 11 ta yo‘lakdan faqatgina 6 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu yo‘laklar orqali yuk tashuvlari revers rejimida amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan milliy tashuvchilar O‘zbekistondan Gruziya, Ozarbayjon va Turkiyaga yuk tashuvlarini amalga oshirishni rejalashtirganda yuqoridagi jihatni e’tiborga olishlarini so‘rab qolamiz.
Qo‘shimcha ma’lumot: Hozirda Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasida Yarag-Kazmalyar, Taxirkend-Kazmalyar, Novo-Filya nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyat ko‘rsatmoqda.