So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
KXSHT sammitida davlat rahbarlari nima dedi?
Kecha Kollektiv xavfsizlik kengashi (KXSHT) ning navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. KXSHTning onlayn sammiti Qozogʻistondagi tartibsizliklar qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan ochildi.
Tadbirda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozogʻiston, Armaniston, Tojikiston rahbarlari Vladimir Putin, Aleksandr Lukashenko, Qosim-Jomart Tokayev Tokayev, Nikol Pashinyan, Emomali Rahmon hamda Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov ishtirok etdi.
Quyida mamlakat rahbarlarining Qozogʻistondagi kelib chiqqan tartibsizlik harakatlari, sabablari va oqibatlari boʻyicha soʻzlagan nutqini yoki uning qisqacha mazmuni keltiramiz:
Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko KXSHT sammitida quyidagilarni gapirdi.
— faqat tashqi omil emas, siz ichki omilni ham koʻrishingiz kerak;
— Markaziy Osiyo mamlakatlari atrofidagi vaziyatni qoʻzgʻatib yubormoqchi boʻlganlar juda koʻp;
— Qozogʻistondagi vaziyatdan saboqni birinchi navbatda Oʻzbekistonda olish kerak;
— Tojikiston prezidenti Markaziy Osiyoda terrorizm tahdidi haqida bir necha bor ogohlantirgan edi;
— Kelajakda bizni jiddiy muammolar kutib turibdi, biz KXSHTni mustahkamlashimiz kerak;
— Gʻarbga behuda qarashning hojati yoʻq, oldin oʻz atrofimizga qarab olaylik;
— KXSHT rahbarlari yordamga, jumladan, harbiy texnikaga muhtoj.
Vladimir Putin KXSHT sammitida nutq soʻzladi. Asosiy mazmuni:
— Qozogʻiston mamlakat yaxlitligi uchun misli koʻrilmagan tahdidga duch kelmoqda;
— Gaz narxini pasaytirish tarafdorlari, bular baʼzi odamlar, qurol olganlar, bular boshqa odamlar;
— Qozogʻistonga hujum qilish tajovuzkorlik harakatidir;
— Qozogʻistonda maydan texnologiyalaridan foylanilgan;
— Kechikmasdan munosabat bildirish kerak. Tokayevning murojaatini KXSHTga aʼzo davlatlarning barcha rahbarlari qoʻllab-quvvatladilar.
— KXSHT Qozogʻistondagi vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik uchun tez va muammosiz qarorlar qabul qilishga muvaffaq boʻldi;
— KXSHT kuchlari qachonki zarurat tugʻilsa Qozogʻistonda boʻladi;
— Qozogʻistonda biz xalqaro terrorizmning tajovuzkorligini kuzatmoqdamiz, jangarilar tayyorgarlikdan oʻtgan;
— Qozogʻistondagi voqealar tashqi aralashuvning birinchi va oxirgisi emas;
— Biz uyda vaziyatni larzaga keltirishga, rangli inqiloblar stsenariylarini amalga oshirishga yoʻl qoʻymasligimizni koʻrsatdik.
— Prezident Tokayev jangarilarni qaytarish uchun jamiyat va kuch tuzilmalarini birlashtira oldi;
— Missiya yakunlangandan soʻng KXSHTning butun kontingenti mamlakatdan olib chiqiladi.
Shuningdek Putin yaqin kunlarda Qozogʻistondagi vaziyat barqarorlashishiga ishonch bildirdi.
Qosim-Jomart Tokayev oʻz davlatida yuzaga kelgan vaziyat boʻyicha mulohalarini bildirdi:
— Qozogʻiston oʻzining 30 yillik mustaqilligi tarixidagi eng ogʻir inqirozni boshidan kechirdi;
— Tokayev Putin va Lukashenkoga yordam va jangovar birodarlik uchun minnatdorchilik bildirdi;
— Davlat tomonidan namoyishchilarning barcha qonuniy talablari bajarildi. Tinch namoyishchilarga qarshi kuch qoʻllangani haqidagi daʼvolar notoʻgʻri maʼlumotdir;
— Terrorchilarning asosiy maqsadi davlat toʻntarishi va hokimiyatni qoʻlga kiritish edi;
— Olmaota va boshqa shaharlarda haqiqiy janglar boʻldi. Olmaotada ikki kun davom etdi. Qozogʻistondagi jangarilar besh barobar ustunlikka ega edi. Ular yaxshi tayyorlangan mutaxassislar, jumladan, oʻz qurollariga ega snayperlar edi;
— Agressiyada xorijlik jangchilar qatnashgan;
— Olmaotaning qulashi jangarilarning janubni, keyin esa butun mamlakatni egallashiga yoʻl ochardi;
— KXSHT oʻzining dolzarbligini koʻrsatdi. Qozogʻistondagi voqealar uning rivojlanishida burilish nuqtasi boʻldi. Tashkilotning salohiyatini kuchaytirish kerak. Qozogʻiston voqealarining butun KXSHT makonida takrorlanishiga yoʻl qoʻymaslik kerak;
— Qozogʻiston xalqaro hamjamiyatga mamlakatga qarshi tajovuzkorlik dalillarini taqdim etadi;
— Qozogʻistonda konstitutsiyaviy tuzum tiklandi. Tez orada antiterror operatsiyasi yakunlanadi.
Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon:
— Qozogʻistondagi voqealar terrorizmga qarshi birgalikda kurashishni kuchaytirish kerakligini tasdiqlaydi.
— KXSHT fuqarolarning terrorchilik faolligi kuchaygan hududlarga oʻtish kanallarini aniqlashi va toʻxtatishi kerak.
— KXSHT chegaralari yaqinida 40 dan ortiq terrorchilarni tayyorlash lagerlari, jumladan, olti mingdan ortiq jangari bor.
— KXSHT taqiqlangan terrorchi tashkilotlarning yagona roʻyhatini shakllantirishi kerak.
— Afgʻoniston atrofida xavfsizlik kamarini yaratish kerak.
Shuningdek Tojikiston prezidenti Markaziy Osiyoda terrorchi tashkilotlarning harakatsiz yacheykalari borligini aytib oʻtdi.
Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov sammitda quyidagilarni gapirdi.
— KXSHT chegaralaridagi tartibsizliklarga aloqador terrorchilar harakatlanishi xavfidan ogoh boʻlish kerak
— “Soʻnggi paytlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda xorijliklar, jumladan Qirgʻiziston fuqarolari haqida, ularning talonchilik va tartibsizliklarga aloqadorligi haqida maʼlumotlar tarqalayotgani kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan oʻz iltimosimni bildirishga ijozat bergaysiz va har bir holat boʻyicha adolatli tergov ochiladi, degan umiddaman. Qozogʻiston qonunlari doirasida ikki tomonlama va koʻp tomonlama kelishuvlarga qatʼiy muvofiq ”.
Shuningdek, KXSHT onlayn sammitida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ham ishtirok etdi. Sammit chogʻida Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Armaniston bosh vaziri, KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashining