So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qozogʻistonda Oʻzbekiston fuqarolari hibsga olindimi?
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi qoʻshni Qozogʻistondagi vaziyatni muntazam ravishda kuzatib bormoqda.
Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi diplomatik vakolatxonalari – Nur-Sultondagi Elchixonasi, Olma-ota va Aqtaudagi bosh konsulliklarida tezkor shtablar tashkil etildi.
Qiyin ahvolda qolgan fuqarolarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Talabalar bilan aloqa oʻrnatildi. Ularga zarur yordam koʻrsatish ishlari olib borilmoqda. Nur-Sulton shahridagi aeroportda parvozini kutayotgan fuqarolar issiq ovqat bilan taʼminlandi.
Qozogʻiston hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari bilan ularning qarindoshlari va yaqinlari oʻrtasida aloqa oʻrnatishda tezkor yordam koʻrsatilmoqda.
Olma-otadan Oʻzbekistonga qaytishni xohlovchi fuqarolar roʻyxati tuzildi. Ular “Uzbekistan Airways” kompaniyasining navbatdagi reyslari orqali qaytariladi. Hozirda Olma-ota aeroporti yopiqligicha qolmoqda.
Oʻzbekistonning diplomatik va konsullik muassasalari Qozogʻiston huquq-tartibot idoralari vakillari bilan joylarda doimiy aloqada boʻlib turibdi. Hozirda Oʻzbekiston fuqarolarining hibsga olingani haqida maʼlumot yoʻq.
Vazirlik eslatib oʻtadiki, Oʻzbekiston fuqarolari oʻzlarini qiziqtirgan savollar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Nur-Sulton (telefon raqami: +7 771 020 36 73), Olma-ota (telefon raqami: +7 777 950 44 33) va Aqtau (telefon raqami: +7 777 599 00 51) shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.