So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Kim Chen Inning oʻgʻli bor — Janubiy Koreya razvedkasi
Janubiy Koreya razvedkasi Kim Chen Inda uchta farzandi borligini maʼlum qildi.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning toʻngʻich farzandi oʻgʻil boʻlsa kerak, uning qizi Kim Ju E otasi kabi ot minishni yaxshi koʻradi, dedi Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi deputati Yu San Bom Milliy razvedka xizmatining parlamentdagi brifingida.
Janubiy Koreya razvedkasida Kim Chen Inning oʻgʻli borligi haqida deyarli dalillar yoʻq, biroq ular xorijlik hamkasblari bilan maʼlumot almashish natijasida shunday xulosaga kelishgan.
Yu San Bom shuningdek, KXDR yetakchisi oilasida uchinchi farzand dunyoga kelganini, biroq uning jinsi nomaʼlumligini qoʻshimcha qildi.
Bundan tashqari, Milliy razvedka xizmati Kim Ju Ening omma oldida chiqishidan maqsad Xalq Respublikasi asoschisi Kim Ir Senning oilasi avlodlari oʻrtasidagi davomiylikni mustahkamlash, qizini yetakchilikka tayyorlash uchun emas.
“Kim Chen In hali yosh, u hokimiyat vorisini tayyorlashga ehtiyoji yoʻq”, — dedi deputat.
Yu San Bomning qoʻshimcha qilishicha, KXDR OAVlarida voris tayyorlash haqida gapiradigan bunday tendensiyalar yoʻq. Bundan tashqari, janubiy koreyalik razvedka xodimlari Kim Ju E uyda taʼlim olayotgani, taʼlim muassasalariga muntazam qatnashmasligi, ot minish va changʻi uchishni yaxshi koʻrishini aytdi.
“Kim Ju E otni yaxshi minishi haqida maʼlumotlar bor, Kim Chen In bundan mamnun”, — dedi janubiy koreyalik deputat.



