So`ngi yangiliklar
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
AQSHda poyezd relsdan chiqib ketdi
Birgina fevral oyining oʻzida Ogayo shtatida ikki marotaba “Norfolk Southern” kompaniyasiga tegishli poyezdlar relsdan chiqib ketdi.
.jpg)
Amerikaning “Norfolk Southern” transport kompaniyasining yuk poyezdi shanba kuni Klark okrugida (Ogayo shtati) relsdan chiqib ketdi. Bu haqda NBC telekanalining mahalliy boʻlimi xabar berdi.
“Klark okrugi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi poyezd relsdan chiqib ketgan hududdan 1000 fut radiusda joylashgan aholidan ehtiyot chorasi sifatida oʻz joyida boshpana topishlarini soʻraydi”, — deyiladi tumanning Facebookʻdagi sahifasida.
Voqea joyida oʻt oʻchiruvchilar va politsiya xodimlari borligi aytilmoqda.
“Norfolk Southern” kompaniyasi vakilining soʻzlariga koʻra, 20 ga yaqin vagon relsdan chiqib ketgan va hech kim jabrlanmagan. Poyezdda xavfli moddalar boʻlmagan. Hozirda korxona xodimlari tozalash ishlarini olib borish uchun mazkur hududga joʻnatilgan.
Reuters xabariga koʻra, avariya sodir boʻlgan hududda elektr uzatish liniyalari ustunlari qulashi sababli elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilgan.
Eslatib oʻtamiz, Ogayo shtatida 3-fevral kuni kimyoviy moddalar olib ketayotgan “Norfolk Southern” poyezdining 50 ga yaqin vagoni relsdan chiqib ketdi. Natijada yongʻin sodir boʻlgan. Baʼzi poyezd vagonlarida xavfli moddalar, xususan, zaharli vinilxlorid bor edi.



