So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchi kompaniyaning uch nafar xodimi qamoqqa olindi
“Marion Biontech” kompaniyasining ikki nafar direktori ham qamoqqa olinishi kutilmoqda. Ular hozirda chet elga chiqib ketishgan.
Hindiston politsiyasi bugun, 3-mart kuni Oʻzbekistonda yoʻtal siroplari 19 bolaning oʻlimiga aloqador boʻlgan farmatsevtika kompaniyasi uch xodimini hibsga oldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
“Nyu-Dehlida joylashgan “Marion Biotech Pvt Ltd” kompaniyasining 22 ta dori namunasi buzilgan va qalbaki ekanligi aniqlangan”, — deyiladi Reuters xabarida.
Politsiyaning aytishicha, Markaziy Narkotiklar Standartlarini Nazorat Tashkiloti (CDCCO) inspektorining shikoyatiga asosan, politsiya kompaniyani bir necha marotaba tekshirgan.
“Qalbaki dori vositalari jamiyatga jiddiy zarar yetkazishi mumkin va ular bilan bogʻliq materiallar/yozuvlar yoʻq qilinishi mumkinligi gumon qilinmoqda”, — dedi CDCCO giyohvandlik inspektori Ashish Kaundal oʻz shikoyatida.
“Marion Biontech”ning ikki direktori mamlakatdan tashqarida, ular Hindistonga kelishi bilanoq hibsga olinadi”, — dedi Reuters agentligiga politsiyaning yuqori lavozimli zobiti Ram Badan Singx.
Oʻzbekiston dekabr oyida Marionning yoʻtal siroplarini ichgan bolalar vafot etganini aytgan edi. Koʻp oʻtmay, Hindiston Marion ishlab chiqarishni toʻxtatdi.
Eslatib oʻtamiz, Samarqandda 19 nafar bola siropni qabul qilganidan soʻng vafot etgan edi. Sogʻliqni saqlash vazirligi laboratoriya tekshiruvi oʻtkazdi va maʼlum boʻldiki, dori tarkibida 19 nafar bolaning oʻlimiga sabab boʻlgan zaharli modda topilgan. Mazkur voqea ortidan Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori K.S. hamda uning jinoiy sheriklari qoʻlga olingan edi.