So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Rossiyaning hamkor davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalardan koʻrgan yoʻqotishlar uchun AQSHdan kompensatsiya oladi” — Blinken
Amerika Qoʻshma Shtatlari Rossiyaning hamkor mamlakatlariga sanksiyalar tufayli koʻrgan yoʻqotishlarni qoplaydi.
Mintaqadagi barcha davlatlar u yoki bu tarzda Rossiya bilan savdo aloqalariga bogʻliq boʻlganligi sababli, Rossiya Federatsiyasiga kiritilgan sanksiyalar ularning iqtisodiyotiga ham zarba berdi. Bu haqda AQSH davlat kotibi Entoni Jon Blinkin maʼlum qildi.
“Biz sanksiyalarga rioya etilishini diqqat bilan kuzatib boramiz va bir qator davlatlar, jumladan, C5 boʻyicha hamkorlarimizga nisbatan boʻlayotgan iqtisodiy salbiy taʼsirlarini muhokama qilamiz”, dedi Blinken Qozogʻiston poytaxti Ostonada Markaziy Osiyoning beshta davlati rasmiylari bilan uchrashuvdan soʻng oʻtkazilgan matbuot anjumanida.
Vashington kompaniyalarga sanksiyaga uchragan Rossiya firmalari bilan munosabatlarni toʻxtatish uchun vaqt berish uchun litsenziyalar beryapti.
“Biz tushunamizki, bu koʻp vaqt talab qiladigan jarayon, uni darhol amalga oshirib boʻlmaydi. Biz mintaqani mustahkamlash va Markaziy Osiyoda yashovchi xalqlar hayotini yaxshilash uchun qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Jumladan, yangi savdo yoʻllari yordamida va korxonalarga yangi eksport bozorlarini topishda yordam berish orqali”, — degan Blinken.