So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Ilon Mask yana dunyoning eng boy odami deb topildi
2022-yil dekarbr oyida 200 milliard dollardan koʻproq mablagʻni yoʻqotgan Mask, yana peshqadamlikka qaytdi.

Amerikalik biznesmen Ilon Mask yana dunyoning eng boy odami deb topildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, bunga Tesla Inc aksiyalari narxining deyarli 70 foizga oʻsishi yordam bergan. Kompaniya bir nechta modellar narxini pasaytirgandan soʻng oʻzining elektromobillariga boʻlgan talabning ortishidan ham foyda koʻrdi. Bloomberg Billioneiras Indexʻga koʻra, Maskning boyligi 187,1 milliard dollarga oshgan.
Qayd etish kerak, 2022-yil bahorida Mask dastlab Forbes dunyoning eng boy odamlari reytingida birinchi oʻrinni egalladi, oʻshanda uning boyligi 219 milliard dollarni tashkil etgan.
Oʻtgan yilning 7-dekabrida Mask Forbes reytingida bir soat ichida ikki marta yetakchilikni yoʻqotib, LVMH rahbariga boy berdi. Oʻsha oy oxirida u va fransuz biznesmeni oʻrtasidagi tafovut 11,8 milliard dollarni tashkil qildi — Mask 176,8 milliard dollar bilan ikkinchi, Arno esa 188,6 milliard dollar bilan birinchi oʻrinni egalladi. Dekabr oyi oxirida Mask 200 milliard dollardan koʻproq yoʻqotgan dunyodagi birinchi odam boʻldi.
Bloombergʻning yozishicha, uning boyligining katta qismi Tesla elektromobil ishlab chiqaruvchisi aksiyalari tushib ketgani sababli qisqargan edi.



