So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
JSST “Tetratsiklin”ni qoʻllamaslikni tavsiya qildi
Ushbu preparat Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Hindistonning “Galentic Pharma Pvt. Ltd.“ kompaniyasi ishlab chiqargan oftalmologiyada qoʻllaniladigan “Tetratsiklin gidroxloridi USP 1%” surtma dori preparatini qoʻllamaslikni tavsiya qildi.
JSST ushbu preparat turli mamlakatlarga har xil markirovka yorligʻi ostida yetkazib berilgani, shuningdek, baʼzi partiyalarda bir qator sifat muammolari borligini maʼlum qildi. Shu bois tashkilot dorini ehtiyotkorlik yuzasidan qoʻllamaslikni tavsiya qildi.
Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazining taʼkidlashicha, yuqorida qayd etilgan, “Tetratsiklin gidroxloridi USP 1%” dori preparati Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan.