So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Turkiya qulagan binolarni qurishda ishtirok etgan 160 kishini hibsga oldi
Tabiiy ofat hududidagi oʻgʻirlik holatlari yuzasidan prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Turkiyadagi zilzilalarda qulagan turar-joy binolari ishi boʻyicha 160 kishi hibsga olindi.
Anadolu xabariga koʻra, tabiiy ofat zonasida joylashgan viloyatlar prokuraturasi qarorlari bilan 6-fevraldan beri vayron boʻlgan binolar qurilishiga aloqadorlikda gumon qilingan jami 564 nafar shaxs qoʻlga olingan.
Keyinchalik qoʻlga olinganlarning 160 nafari hibsga olingan, 175 nafar gumonlanuvchi esa sud nazoratiga olindi. Bundan tashqari, 71 nafar gumonlanuvchini hibsga olish va 61 nafar shaxsni hibsga olish uchun order berildi. Tabiiy ofat hududidagi oʻgʻirlik holatlari yuzasidan prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
6-fevral, dushanba kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq boʻlgan ikkita zilzila sodir boʻldi. Turkiya janubi-sharqida sodir boʻlgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 42,3 ming kishidan oshdi.
Prezident Rejep Toyyip Erdogʻan Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan butun mamlakat boʻylab motam eʼlon qildi. Vayronkor zilzila qoʻshni davlatlar, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr, Kipr Gretsiyasi va Iroqda ham sezildi.